Tibbiyot xodimiga jarohat yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi

    Xavfsizlik 24 Yanvar 2023 1249

    Xonadonda yiqilib tushib, jarohat olgan bemor(ayol)ga birinchi tibbiy yordam koʻrsatayotgan vaqtida, ayolning oʻgʻli (1999-y.t. Oʻ.A.) kirib kelib, nega ayol hamshira kelmadi deb, janjal qilgan.

    Aniqlanishicha, kecha 23-yanvar kuni 16:30larda Toshkent tumani TTYB xodimlari (shifokor va feldsher) xizmat vaqtida kelib tushgan chaqiruvga asosan, tuman “Qoraboʻriq” MFYga yetib borganlar.

    Xonadonda yiqilib tushib, jarohat olgan bemor (ayol)ga birinchi tibbiy yordam koʻrsatayotgan vaqtlarida, ayolning oʻgʻli (1999-y.t. Oʻ.A.) kirib kelib, nega ayol hamshira kelmadi deb, janjal qilgan.

    Shunga qaramay tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajarganlar va zaruratga koʻra bemorni shifoxonaga olib borganlar.

    Shu vaqtda bemorning oʻgʻli kelib, tushuntirishlarga qaramay janjalni davom ettirgan va feldsher 1993-y.t. U.U. ni qoʻllari bilan urib tan jarohati yetkazgan (tibbiy ekspertiza tayinlangan).

    24 yoshli fuqaro Oʻ.A. IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Toshkent tumani IIB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.