Gigiyenadagi xatolar va ularni bartaraf etish usullari haqida “SM-Kliniki” markazi stomatolog-terapevti Tatevik Petrosyan mail.ru saytiga gapirib berdi.

Birinchi xato tishlarni yuvishda kam vaqt sarflash. Aslida bu kamida uch daqiqa davom etishi kerak. Odatda mazkur jarayonga maksimal 1,5 daqiqa sarflanadi, xolos. Yuvish jarayoniga qancha vaqt sarflanayotganini qanday bilish mumkin?

Elektr choʻtkalarida jarayon davomiyligini tartibga soluvchi vaqt koʻrsatkichlari mavjud. 2-3 daqiqa davomida qum soatidan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, sevimli qoʻshigʻingizning davomiyligiga eʼtibor qaratishingiz mumkin (3 dan 5 daqiqagacha).

Tish choʻtkasini notoʻgʻri harakatlantirish. Tishlar tish tozalagich vositasida 45 daraja burchak ostida, milkdan tishga tomon harakatlantirib, tozalanishi lozim. Chunki tish tozalagich gorizontal yoʻnalishda harakatlantirilsa, milklarni, emalni zararlashi mumkin.

Interdental ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi vositalaridan, misol uchun, choʻtkalar, iplar, ogʻiz yuvish vositalari, irrigatordan foydalanmaslik yoki foydalana olmaslik. Interdental vositalardan notoʻgʻri foydalanish milk shikastlanishining kuchayishiga, qon ketishiga olib keladi, yalligʻlanishni, shishni va yaralarni keltirib chiqaradi.

Tish pastalarini notoʻgʻri tanlash va tish choʻtkasini kamdan-kam oʻzgartirish. Bu masalada stomatolog-terapevt, parodontolog yordam berishi mumkin.

Tish salomatligi va tabassum goʻzalligi uchun kurashning eng yaxshi yoʻli - bu yuqori sifatli ogʻiz gigiyenasiga rioya qilish va bir yilda kamida ikki marta tish shifokoriga murojaat qilishdir.