Tojikiston janubi va tog'li hududlarini qum bo'roni qopladi

    Tojikistonni qum bo'roni qopladi. Ayrim aholi vakillarining sog'lig'ida muammolar yuzaga kela boshladi.

    Poytaxt tibbiyot markazida bemorlar sezilarli darajada ko'paydi. Shifokorlarning tushuntirishicha, chang bo'ronlari yurak va qon tomirlarining surunkali kasalliklari bilan og'rigan odamlarga ko'proq salbiy ta'sir ko'rsatadi.

    Qum bo'ronlari ilgari respublikaning faqat janubi va markazini qamrab olgan. Hozirda mamlakat shimoli, So'g'd viloyatini ham qum bo'roni qopladi.

    Bu yil qum bo'ronlari odatdagidan ertaroq – bahorning birinchi oyida boshlandi. Bu yog'ingarchilikning kam bo'layotgani bilan bog'liq, deb xabar beradi mir24.tv.