баннер
15 Mar 2025
14:41

    Toshkent — Istanbul — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ayrim reyslar bekor qilinadi

    Bekor qilingan aviaqatnovlar yoʻlovchilari tashuvi yuqorida keltirilgan sanalarning kunduzi vaqtida amalga oshiriladigan HY271/272 va HY273/274 aviaqatnovlari orqali rejalashtirilgan.

    Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli va Istanbul xalqaro aeroporti maʼmuriyatining qaroriga koʻra, faqat 2025-yilning 20/21 va 21/22-fevral kunlari “Uzbekistan Airways” Toshkent – Istanbul – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY281/282 aviaqatnovlarini bekor qildi.

    Murakkab ob-havo sharoiti va yogʻingarchilik (qor yogʻishi) kutilayotganini hisobga olgan holda, yoʻlovchilardan parvozga roʻyxatdan oʻtish uchun oldinroq kelishlari soʻraladi.

    Qaror Meteorologiya aviatsiyasini muvofiqlashtirish qoʻmitasining joriy yil 18-fevraldagi Istanbul xalqaro aeroportidagi inqirozli vaziyat boʻyicha majburiy va tavsiyaviy talablari asosida qabul qilingan.

    Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airways” uchun yoʻlovchilar xavfsizligi birinchi oʻrinda turadi, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech