Toshkent shahar hokimligi Huawei yechimlari asosida “Raqamli Toshkent”ni qurish imkoniyatini oʻrganmoqda

    Urbanizatsiya 22 Sentabr 2020 2076

    “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi tasdiqlangan boʻlib, uni amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligida Raqamli rivojlantirish departamenti tashkil qilindi.

    Poytaxtni raqamlashtirishning kompleks dasturini amalga oshirishda davlat organlari va aholi oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tezlashtirish va osonlashtirish mumkin boʻlgan raqamli texnologiyalar hamda innovatsion yechimlardan foydalanish koʻzda tutilgan. Poytaxtni raqamli oʻzgartirish boʻyicha eng dolzarb va samarali yechimlar bilan tanishish maqsadida Toshkent shahar hokimligi ishchi guruhi hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha oʻrinbosari Sardor Abdullayev boshchiligida Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi innovatsion va integratsion yechimlar markazida boʻldi.

    Tashrif davomida mehmonlar shaharda xavfsiz “Aqlli shahar” tamoyillariga mos ravishda harakatlanishga sharoit yaratish uchun ichki ishlar idoralari tomonidan transport vositalarini boshqarish muammolarini bartaraf etish, yoʻl harakati nazorati va tartibga solinishini taʼminlash, tigʻiz vaqtda yoʻllarning tirbandligini kamaytirishga imkon beradigan yechim bilan tanishdilar. Yechimning demo versiyasi misolida yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash samaradorligini oshirish uchun qoidabuzarliklarni koʻproq qayd etadigan turli xil algoritmlarga ega bulutli qurilmalardan foydalanish orqali yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash imkoniyati oʻrganildi.

    Shuningdek, tadbir davomida poytaxt hokimligining ishchi guruhiga Xitoyning Shenchjenshahridagi tumanlardan birining aqlli boshqaruvi misolida shahar idoralariga boshqa turli tashkilotlar va davlat muassasalaridan kelib tushadigan katta hajmli maʼlumotlar tahlili imkoniyati namoyish etildi.