Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu hujjat keng va ko‘p qirrali ixtisoslikdagi mutaxassislarni, ya’ni dasturchidan boshlab ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) boshqaruvchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan. Shuningdek,memorandum asosida yaxshi natijalarga ega bo‘lgan talabalarni malaka oshirishlarini ta’minlash va ta’lim olish bosqichida ham mehnat shartnomalari tuzish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, UZINFOCOM xodimlarini Universitetda tashkil etiladigan jahon miqyosidagi axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarning mahorat darslari va taqdimotlarida ishtirok etishlari, malaka oshirishlarini ta’minlash ham rejalashtirilgan.
Amity universiteti Hindistonda IT sohasidagi yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Toshkentdagi Amity universiteti dasturi asosiy to‘rt yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarga ta’lim berishga mo‘ljallangan: Engineering (Computer science and Engineering), Arts (Economics), Technical (IT) va Management (MBA).
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha UZINFOCOM Yagona integratori 2002 yilda tashkil qilingan. Elektron hukumat markazi operatori hisoblanib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (YaIDXP) yuritadi va ko‘plab hukumat veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlaydi.