Xabarda ta’kidlanishicha, qalin tuman Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY614 (Moskva–Toshkent) reysini Buxoro muqobil aerodromiga jo‘natilishiga sabab bo‘lgan. Bortida 214 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 03:23 da Buxoroga kelib qo‘ngan. Shuningdek, HY426 (Dehli—Toshkent) reysi ham Buxoro aeroportiga yo‘naltirilgan. Ko‘rish yaxshilanganidan keyin ikkala samolyot ham Toshkentga qaytib uchib ketgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY23/24 (Toshkent—Buxoro—Toshkent) reysi biroz kechiktirilgan. HY23 reysi mahalliy vaqt bilan 10:52 da Buxoroga kelib qo‘ngan va 11:53 da Toshkentga jo‘nab ketgan.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9662 (Yekaterinburg—Toshkent), HY3196 (Seul—Toshkent), HY274 (Istanbul—Toshkent), HY708 (Vladivostok—Toshkent), HY9646 (Moskva—Toshkent) yo‘nalishlaridagi reyslari Navoiydagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan. Shuningdek, Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Mineralniye Vodi—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha AFL1870 reysi Navoiyga jo‘natilgan.

Uzbekistan Airways'ning HY18 (Nukus—Toshkent) va HY336 (Jidda—Toshkent), Ozarbayjonning «Azal» aviatashuvchisining AHY5031 (Boku—Toshkent), Fort Aero‘ning FRX513 charter reysi Samarqandga muqobil aerodromga jo‘nab ketgan. Perm — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9802 reysi Farg‘ona aeroportiga yo‘naltirilgan va mahalliy vaqt bilan soat 01:51 da Farg‘onaga kelib qo‘ngan.

HY9620/9619 (Moskva—Namangan—Moskva) reysi uchish vaqti 18 dekabrdan 19 dekabrga o‘zgartirilgan. Samolyot belgilangan aeroportga mahalliy vaqt bilan 16:10 da jo‘naydi.

19 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:40 ga belgilangan HY9619 (Namangan—Moskva) reysi esa 20 dekabrga ko‘chirilgan. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9805 (Namangan—Samara) va HY9806/9829 (Samara—Namangan—Yekaterinburg) reyslari ham kechiktirilgan.

S7 aviakompaniyasining SBI5567/5568 (Novosibirsk—Namangan—Novosibirsk) reysi; Air Arabia aviakompaniyasining G785 (Namangan—Sharja) va G785 (Sharja—Namangan—Sharja) reyslari; Red Wings aviakompaniyasining WZ4483/4484 reyslari (Moskva—Namangan—Moskva); shuningdek, Jazeera Airways'ning J9645 reysi (Quvayt—Namangan—Quvayt) Namanganda ob-havo sharoiti yaxshilanmaguncha kechiktirilgan.

"Namangan aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish uchun cheklovlar hamon amald"», — deyiladi xabarda.