Xususan, 14-dekabr kuni Yangiyo'l shahar IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbirda fuqaro 1985 y.t. X.M. (ayol) pirotexnika vositasini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi. Ushbu shaxsning “Yangifarovon” MFYda joylashgan yashash xonadoni o'rnatilgan tartibda ko'zdan kechirilganda, jami 26 642 dona turli hajm va ko'rinishdagi pirotexnika vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, hujjatlashtirib olindi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Shu kabi o'tgan 60 kun mobaynida viloyat IIBB xodimlari tomonidan pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasi bilan bog'liq 1 020 ta holat aniqlangan bo'lib, tadbirlar davomida umumiy qiymati 1 mlrd. 23 mln so'mlik jami 874 590 dona pirotexnika vositasi daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Tadbir davomida pirotexnika vositalarini noqonuniy savdosi bilan shug'ullanuvchi 420 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy chora ko'rish uchun hujjatlar sudga yuborilgan bo'lsa, 596 ta holat ko'rib chiqish uchun Voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.
4 ta holatda jinoyat ishi qo'zg'atilgan.