Hodisa tezkor profilaktik tadbirlar davomida aniqlanib, bankomatdan pul o'g'irlamoqchi bo'lgan shaxs voqea joyida ushlangan. Bu haqida IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 12-fevral kuni Olmaliq shahar hududiga tungi xizmatga jalb etilgan Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan soat taxminan 00:30 lar atrofida Olmaliq shahar “Oydin” MFYda joylashgan Xalq bankiga tegishli bankomatni 1990-yilda tug'ilgan fuqaro B.YU. o'tkir tig'li jism bilan buzib ochib, ichida mavjud bo'lgan pullarini olishga uringan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Olmaliq shahar IIB Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.