Toshkent viloyatida daraxtlar tagi betonlab tashlangani aniqlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tag qismi betonlab tashlangan daraxtlar tasviri aks etgan xabar tarqaldi.

    Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

    Qaytd etilishicha, holat yuzasidan shahar Ekologiya bo‘limi xodimlari o‘rganish ishlarini olib borgan. O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi daraxtlarning ost qismi bundan bir necha kun oldin betonlab tashlanganligi aniqlangan.

    Shuningdek, daraxtlarning ost qismi betonlardan tozalanib, unumdor tuproq to‘kilib, sug‘orilgan va bunday holatlar qayta sodir etilmasligi uchun fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilgan.