Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yangiyoʻl tumani Bunyodkor MFY hududida fuqaro B.N.tomonidan 5 tup koʻp yillik shundan 2 tupi qayragʻoch va 3 tupi yongʻoq daraxtlari hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Hozirda fuqaroga nisbatan MJtning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tabiatga 533 million zarar yetkazilganligi aniqlandi.