Toshkent viloyatida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Fuqaro Q.Sh.ga 4 000 AQSH dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻstonliq tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan R.X. va B.R. oʻzaro til biriktirib, fuqaro Q.Sh.ga 4 000 AQSH dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Shu kabi, Departamentning Angren shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.P. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va N.P. oʻzaro til biriktirib, fuqaro K.Sh.ga 3 800 AQSH dollarini 49,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 4 280 AQSH dollari, 18,5 ming Rossiya rubli, 10 ming qozoq tengesi va 31,2 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.