Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbir davomida fuqarolar I.Z. va Y.B. tomonidan yovvoyi choʻchqani “Jigariston” MFY togʻli hududida ov qurolida otib oʻldirganlik holati aniqladi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, 7.500.000 soʻm miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi hamda hayvonot dunyosiga 16.875.000 soʻm zarar yetkazganligi aniqlandi.
Holat boʻyicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborilmoqda hamda yovvoyi choʻchqa ishi tugatilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun “Konchilar”oromgohini muzlatgichiga joylashtirildi. Shuningdek, ov quroli Angren shahar Ichki Ishlar boʻlimiga topshirildi.