Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berishicha, YPX inspektori tomonidan ushbu avtoulovni ko'zdan kechirish jarayonida avtomobilning old o'rindig'ida yo'lovchi sifatida kelayotgan 1982 yilda tug'ilgan fuqaro o'z xatti-harakatlari bilan shubha uyg'otadi.
Shundan so'ng, ikki xolis ishtirokida ushbu shaxsga tegishli bo'lgan erkaklar sumkasi ko'zdan kechirilganda, sumkada oq politelin paketda qora rangli, o'tkir hidli, saqichsimon modda borligi aniqlandi.
Ushbu sumka egasi D.A. ikki xolis ishtirokida ushbu modda 2,7 gramm og'irlikdagi qora dori ekanini tan oldi. SHundan so'ng, bu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, fuqaro va ashyoviy dalillar holat yuzasidan qonuniy chora ko'rish maqsadida Ohangaron tumani ichki ishlar bo'limiga topshirilgan.