Shu sababli, Toshkent–Andijon yoʻnalishidagi 64-sonli yoʻlovchi poyezd 2022-yil 28-oktyabr kuni soat 17:22 da va Andijon–Toshkent yoʻnalishidagi 63-sonli poyezd harakati 2022-yil 29-oktyabr, soat 7:00 da vaqtincha bekor qilinadi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabar berdi.
Xarid qilingan chiptalar temir yoʻl kassalarida qaytarib olinadi hamda chipta pullari hech qanday foiz ushlanmasdan, oʻrnatilgan tartibda va belgilangan muddat ichida qaytarib berilishi kafolatlanadi. Elektron chiptalarni esa http://chipta.railway.uz saytidagi “shaxsiy kabinet” orqali qaytariladi.
Qoʻshimcha savollarga Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan javob olish mumkinligi taʼkidlandi.