Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tijorat banklaridan birining filial boʻlim boshligʻi E.N.ning jinoiy qilmishlariga chek qoʻyildi.
Muxbirimizning aniqlashicha, bank masʼul xodimi “A.” MCHJ vakillari va boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirgan. Ular soxta hujjatlarni rasmiylashtirish yoʻli bilan “B.B.” MCHJ nomiga 120 000 AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishiga erishganlar. Keyinchalik ushbu mablagʻlarni naqdlashtirib olgan E.N. jami 120 ming dollarni internet tarmogʻidagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga tikib, toʻliq sarflab yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Huquq-tartibot organlari tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.