Qarorga koʻra, Toshkent shahar jamoat transporti sohasida xususiy sektor ulushi 2 barobarga oshiriladi.
Velosipedlarni ijaraga berish va ular uchun maxsus turar joylar tashkil etiladi hamda “aqlli chorraha”, “aqlli avtobus” va “aqlli bekat” tizimlari joriy etiladi.
Jamoat transporti harakat tarkibi zamonaviy, ekologik toza avtobuslar, jumladan elektrobuslar bilan yangilanadi.
Qaror bilan Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Jamoat transportini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida:
▫️ yoʻlovchi tashishlar hajmida jamoat transportining ulushi 21 foizdan 43 foizga oshiriladi;
▫️ jamoat transportida kunlik yoʻlovchi tashish hajmi 2,7 million yoʻlovchiga yetkaziladi;
▫️ jamoat transportining harakatlanishidagi oraliq vaqti 2 barobarga kamaytiriladi;
▫️ 1 063 ta avtobus, 673 ta elektrobus xarid qilinadi.
2023-yil 1-yanvardan “bosib oʻtilgan yoʻl”, “yoʻlovchi oqimi” va “sifat” mezonlari boʻyicha moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.