Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA)da o‘zbek olimi va matematigi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning fundamental asarlarini o‘rganish bo‘yicha Jozef Grima boshchiligida “Dixit Algorazmiy” (“Al-Xorazmiy aytganidek”) ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Ko‘rgazma o‘z ishini 6-oktabrdan boshlaydi. Unda olim izlanishlarining bugungi texnologik rivojlanishga, zamonaviy madaniyatga va G‘arb innovatsiyalariga bo‘lgan ta’siri ko‘rsatiladi.

Ko‘rgazma Jozef Grima’ning (Space Caviar studiyasi) boshchiligida hamda Sheyda Gomashi va Kamilo Oliveyra’larning hamkuratorligida o‘tkaziladi.

5-oktyabr kuni ko֯‘rgazma doirasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi va ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.