баннер
15 Mar 2025
14:10

    Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda Bahraynga qoʻndi

    UZS4003 Toshkent – Jidda reysi bortda yuzaga kelgan favqulodda tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qoʻnishni amalga oshirdi.

    “Air Samarkand” aviakompaniyasining xabar berishicha, parvoz davomida 75 yoshli yoʻlovchida takroriy infarkt kuzatilgan va samolyot bortida boʻlgan shifokor bemorning hayoti xavf ostida ekanligini tasdiqlagan.

    Shundan soʻng havo kemasi komandiri Talanov Roman Igorevich boshchiligidagi “Air Samarkand” ekipaji tezkor qaror qabul qilib, bemorga zaruriy tibbiy yordam koʻrsatish uchun Bahraynga favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan.

    Bosh bortkuzatuvchi Shishkina Alena boshchiligidagi bort kuzatuvchilari shifokor bilan birgalikda bortdagi tibbiy qutilar va uskunalar yordamida bemorga birinchi yordam koʻrsatib, bemor barqaror holatda tez yordam brigadasiga topshirilgan.

    Reys taxminan 1 soat kechikish bilan Jiddaga davom etadi, — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech