Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    Transport 9 May 2025 732

    “Uzbekistan Airways” Hindiston va Pokiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyat tufayli Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga parvoz yoʻnalishlarini oʻzgartirdi.

    “Uzbekistan Airways” matbuot xizmatining xabar berishicha, parvozlar xavfsizligini maksimal darajada taʼminlash maqsadida, shuningdek Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan vaqtincha oʻtishga qoʻyilgan cheklovlar sababli, Deli, Mumbay, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket kabi shaharlar yoʻnalishidagi reyslarning marshrutlari oʻzgartiriladi.

    Shaharlar roʻyxati yangilanishi, marshrutlarga qoʻshimcha tuzatishlar kiritilishi mumkin. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yoʻnalishga qarab sayohat vaqti 1,5 soat yoki undan ortiqqa koʻpayadi.

    “Uzbekistan Airways” vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va Yaqin Sharq hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yoʻnalishlari boʻyicha parvoz qiluvchi yoʻlovchilarni oʻzining rasmiy axborot kanallari orqali xabardor qiladi, — deyiladi xabarda.