Toshkentga kelayotgan 3 tonna xavfli tovuq go’shti to'xtatib qolindi

    Mahsulot tekshirish uchun laboratoriyaga joʻnatilganda, tovuq go'shtlarining isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan.

    Buxoro—Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi “Samarqand” YPX maskanida to'xtatilganda unda isteʼmol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda tashib kelinayotgan 3 tonna tovuq goʻshti borligi ma'lum bo'ldi.

    Mahsulot tekshirish uchun laboratoriyaga joʻnatilganda, tovuq go'shtlarining isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan.

    Mazkur isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsuloti sotish uchun Toshkent shahriga olib borilayotgan edi.