Mazkur uchrashuv MDH mamlakatlari va Hind okeani portlarining Janubiy Osiyo orqali transport logistikasi sohasida hamkorligi boʻyicha yangi marralarni koʻzlab tashkil etilgan.
Onlayn va oflayn rejimda oʻtkazilayotgan uchrashuvda Belarus transport va kommunikatsiya vaziri birinchi oʻrinbosari Valeri Verenich, Rossiya Federatsiyasi transport vaziri oʻrinbosari Dmitriy Zverev, Qozogʻiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari Maksat Kaliakparov, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Maxkamov, Pokiston temir yoʻllari vaziri oʻrinbosari Ali Shax Sayid Mazxar, Afgʻoniston transport vaziri Hamidulla Oxunzoda ishtirok etyapti.
Mazkur tadbir 2023-yil noyabr oyida Toshkent shahrida imzolangan Memorandumni amalga oshirishning mantiqiy davomi boʻlib, Transafgʻon koridori boʻylab yuk tashishni rivojlantirish boʻyicha yechimlarni birgalikda izlashdan iborat.
Shu maqsadda tadbirga transport siyosatini yurituvchi davlat organlari vakillari hamda ushbu yoʻlak orqali yuk tashish bilan shugʻullanuvchi ishbilarmon doira vakillari taklif etilgan, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.