Qozogʻistonda 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

    Sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy qozogʻistonliklar niqob taqishini talab qiladigan tartibni oʻzgartirdi. Endi bu chora bolalar va ochiq havoda mashq qiladiganlar uchun majburiy emas,

    Sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy qozogʻistonliklar niqob taqishini talab qiladigan tartibni oʻzgartirdi. Endi bu chora bolalar va ochiq havoda mashq qiladiganlar uchun majburiy emas, deb xabar beradi Tengrinews.kz.

    Vazirning “Sanitariya-epidemiyaga qarshi va sanitariya-profilaktika tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritildi.

    Eslatib oʻtamiz, 30-iyuldan boshlab qozogʻistonliklarga koʻchada niqob taqish tartibi joriy etilgan. Bu haqda mamlakatning bosh sanitariya davlat shifokori Ayjan Yesmagambetovaning qarorida koʻrsatilgan.

    Keyinchalik sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy ushbu qoida nafaqat kattalarga, balki bolalarga ham tegishli ekanligini tushuntirdi. Shuningdek, u shaxsiy himoya vositalarini barcha jamoat joylarida, shu jumladan kafelarda, sport bilan shugʻullanayotganda va boshqa joylarda ham taqish kerakligini aytdi.

    Ammo yaponiyalik shifokorlar uch yoshgacha boʻlgan bolalarda koronavirus infeksiyasining oldini olish uchun taqiladigan himoya niqoblari sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkinligiga ishonch hosil qilishgan.