Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, tuman va shahar hokimlari oʻrinbosarlarining sonini 4 nafar etib belgilash taklif qilinmoqda. Hozirda tuman hokimlarining 6 nafar oʻrinbosari bor.
Farmon loyihasiga koʻra, 2026-yil oxiriga qadar 32 ta tuman va shaharda boshqaruvning yangi tartibi joriy etiladi. Unda 9 ta vazirlik va idoraning hududiy boʻlinmalari hokimlik tuzilmasiga oʻtkaziladi. Jumladan:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
- Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi
- Madaniyat vazirligi
- Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
- Yoshlar ishlari agentligi.
Shu bilan hokimlar ushbu tuzilmalarga toʻliq rahbarlik qilib, shtat birliklarini mustaqil belgilaydi, kadrlarni tayinlaydi va ozod etadi, ragʻbat yoki intizom choralarini qoʻllay oladi.