Qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining mablag'lari O'zbekistonning Turkiy investitsiya jamg'armasidagi ulushini Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlang'ich kapitalidagi 2 000 ta aktsiyaga obuna bo'lish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bitimning bajarilishi uchun mas'ul vakolatli organ etib, Markaziy bank Bitim bo'yicha depozitariy funktsiyasini bajarishi belgilandi.