Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda maʼlum qildi, deya xabar qilmoqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.

2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga 10 mamlakat daʼvogarlik qilmoqda. Ular orasida Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika, Vengriya, Misr, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlarni ham uchratish mumkin. Istanbul 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlarini qabul qilish uchun Tokio bilan jiddiy kurashgan. Raqobat soʻngida esa kunchiqar yurt poytaxti mezbonlikni qoʻlga kiritgan edi.

Eslatib oʻtamiz, yozgi Olimpiya oʻyinlari 2024-yil Parij (Fransiya), 2028-yil Los-Anjeles (AQSH), 2032-yil esa Brisben (Avstraliya) shaharlarida boʻlib oʻtadi.