Bundan avval Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxriddin Koja mamlakatda koronavirus pandemiyasi ikkinchi choʻqqiga chiqqanini aytgan edi. Taʼkidlash joiz, soʻnggi kunlarda Turkiyada koronavirus yuqishi bilan bogʻliq holatlar soni yana oshyapti.
“Biz COVID-19 bilan kasallanish holati koʻpayganini kuzatyapmiz. Shu bois pandemiyaga qarshi kurash choralari yana kuchaytiriladi. Kafe va restoranlar kuchli nazoratga olinadi. Jamoat transportida tik turishga aslo yoʻl qoʻyilmaydi”, - dedi Erdoʻgʻan Anqara shahridagi chiqishi chogʻida.
Davlat rahbari qoʻshimcha qilishicha, niqob taqmay yurgan fuqarolar ijtimoiy masofaga ham amal qilmayapti. Bundaylar, albatta, jarimaga tortiladi.