Muloqotda tomonlar dastlab, ayni paytdagi madaniy hamkorlik munosabatlarini muhokama qildilar.
Soʻng, har ikki davlat rahbarlari olib borayotgan hamkorlik siyosati doirasida madaniy hamkorliklarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar almashildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni Turkiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” ni oʻtkazish taklifini ilgari surdi.
Turkiya madanyat vazirligi tomonidan ushbu taklif maʼqullanib, “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” Turkiya Respublikasi mustaqilligining 100-yilligi doirasida tashkil etish va shu doiradagi madaniy tadbirlar bilan birga oʻzbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalari namoyishini ham oʻtkazish taklifi bildirildi.