Unda turk tomoniga so‘nggi yillarda mamlakatimizda boshqaruv tizimini shakllantirish yuzasidan hayotga tadbiq etilgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, davlat organlari sonini maqbullashtirish, davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali elektron hukumat tizimini kengaytirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish, interaktiv davlat xizmatlari sonini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistondagi islohotlar Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, turli sohalarda ko‘plab turk mutaxassislari vazirlik va idoralarga maslahatchi sifatida jalb etilgani taʼkidlandi. Xususan, kadrlar tayyorlash sohasida Turkiya Inson resurslari idorasi mamlakatimizdagi Davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi kabi turdosh tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygani eʼtirof etildi.
Turkiya Inson resurslari idorasi vakili Savash Jeylan O‘zbekiston bilan munosabatlar Turkiya uchun ustivor ahamiyatga ega ekanligini bildirdi. «Hamkorlik doirasida O‘zbekistondagi turdosh institutlar bilan davlat xizmatchilarining malakasini oshirishda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, interaktiv videoqo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha tajribamizni o‘rtoqlashib kelmoqdamiz. O‘zbekistondagi so‘nggi maʼmuriy islohotlarni kuzatar ekanman, biz ham o‘rganishimiz mumkin bo‘lgan jihatlar bor degan, xulosaga keldim. Ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, davlat xizmatchilarining natijadorligi bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovordir», dedi Savash Jeylan.
Davra suhbati ishtirkchilari Yangi O‘zbekistondagi maʼmuriy islohotlar «xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan tamoyil asosida amalga oshirilayotgani katta eʼtiborga sazovor ekanligi to‘g‘risida yakdil fikr bildirdilar.