Ta’kidlash joizki, mazkur inshoot O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushida erishilgan G‘alabaning 75 yilligi sharafiga bunyod etilgan bo’lib, o‘zbek o’g’lonlarining qonli janglardagi jasorati, front ortidagi xalqning mashaqqatli mehnati va fidoyiligini aks ettirgan keng ko‘lamli tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarning yaxlit majmuasidan iborat.

Tadbir ishtirokchilari mazkur yodgorlik majmuasi va uning tarkibidan joy olgan muzey tarixan boy mazmuni bilan ko’plab sayyohlarni jalb etish orqali mamlakatimiz turizm sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shishini ta’kidlashdi.

Infotur davomida soha mutaxassislari tomonidan “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlari, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalar haqida qiziqarli va to‘liq ma’lumot berildi.

Shuningdek, turoperatorlar va gidlarga kelgusida mazkur majmuaga xorijiy turistlar tashrifini tashkil etishga doir aniq tavsiyalar berildi.