Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qatʼiy irodasi bilan soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi tubdan oʻzgarib, yangi qiyofa kasb etdi.
Konstruktiv muloqot, ishonch va har tomonlama hamkorlik maydoniga aylandi. Yopiq chegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar davri tarixda qoldi. Bugungi kunda yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan va oʻzaro manfaatli munosabatlarga tayangan Markaziy Osiyo vujudga keldi.
Bu borada, uch mamlakat oʻrtasida chegara masalalarining hal etilishi – oʻzaro hurmat, suverenitet, tenglik tamoyillariga asoslangan aynan ushbu koʻp yillik mashaqqatli mehnat, samimiy muloqot va hamkorlik samarasidir.
Ayni damda, ushbu shartnoma butun mintaqaning yaqinlashuvida ham muhim ahamiyat kasb etadi.Shartnoma 2025-yil 31-martda Xoʻjand shahrida boʻlib oʻtgan davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvida imzolangan. Unga koʻra, uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtaning joylashuvi hamda tutashgan nuqta hududida davlat chegaralari chiziqlarining oʻtishi aniqlandi.
Mazkur shartnoma uch qardosh mamlakatlar oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlanishiga, butun Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro nufuzining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Shartnoma shuningdek, uch davlat fuqarolari oʻrtasidagi aloqalarning jadallashuviga, chegaradosh hududlar iqtisodiy hamkorligining kuchayishiga, chegaraoldi savdoning ortishiga, chegara hududlarda turli infratuzilmaviy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga, yangi ish oʻrinlarini yaratishga mustahkam huquqiy asos boʻladi.
Qonun loyihasi Senatga yuborildi.