Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani “Katta Kenagas” MFY binosini boʻsh turgan binosida yogʻoch oʻymakorligi va naqqoshlik boʻyicha 40 yillik tajribaga ega Adxamjon Raxmatullayev ustozligida “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan toʻgarak tashkil etilmoqda.

Ushbu toʻgarakda bir vaqtni oʻzida 50 yaqin yoshlar yogʻoch oʻymakorligi va naqqoshlik sirlarini oʻrganish imkoniyati yaratiladi.

Uchkoʻprik tuman xokimi tomonidan qoʻllab quvvatlangan tashabbusni tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi Fargʻona viloyat boshqarmasi boshligʻi Rasuljon Mirzaaxmedov “Katta Kenagas” MFYda boʻlib uzoq yillik tajribaga ega A.Raxmatullayev hamda MFY raisi bilan toʻgarakga ajratilgan binoda boʻlib, toʻgarakni tashkil etish rejalari muhokama qilindi.

Viloyat boshqarmasi rahbari Rasuljon Mirzaaxmedov “Hunarmand” uyushmasi toʻgarakni tashkil etish hamda yoshlarga hunar oʻrgatish boʻyicha barcha imkoniyat darajasida qoʻllab-quvvatlashini bildirishini maʼlum qilmoqda “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati.