Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” agentligi uchta xorijiy aviakompaniyaga Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.
“Oʻzaviatsiya” agentligi maʼlumotiga koʻra, bular Hindistonning “IndiGo”, Polshaning “LOT Polish Airlines” va Malayziyaning “Malindo Airways” aviakompaniyalaridir.
Oʻzbekiston va tegishli davlatlar oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim asosida berilgan ekspluatatsion ruxsatnomalarga koʻra, parvozlar quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Dehli–Toshkent–Dehli yoʻnalishida A-320neo va A-321neo samolyotlarida;
Varshava–Toshkent–Varshava yoʻnalishida Boing 737-8max samolyotlarida;
Kuala-Lumpur–Toshkent–Kuala-Lumpur yoʻnalishida A-330 samolyotlarida.