Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, S.N. va boshqalar “M.A.” MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan “Arsenal” nomli payvandlash elektrodlarining qalbaki nusxasini tayyorlash bilan shugʻullangan. Ular 66 quti qalbaki mahsulotni fuqaro N.S.ga sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir davomida yashirin sexdan umumiy bahosi 855 mln soʻmlik 17 turdagi 36 760 quti elektrod, qalbaki shtrix kod markirovkalar va ishlab chiqarishda foydalanilgan turli tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.