Ukrainadan 6 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

    Ijtimoiy hayot 24 Mart 2022 1629

    2022-yil 23-mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 146 nafar Oʻzbekiston fuqarosi olib kelindi.

    28-fevraldan 24-martga qadar 27 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 6 030 nafar vatandoshimiz qaytarildi.

    Oʻzbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatimizning Polshadagi Elchixonasi bilan birgalikda vatandoshlar bilan doimiy aloqada boʻlib, ularni evakuatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirmoqda.