U O'zbekistonda o'zining boshqa g'oyalari qatorida sog'liqni saqlash texnologiyasini baholash (SSTB) tizimini joriy etishga urindi. Lekin koronavirus uni yamadi.
Prezident SHavkat Mirziyoev dunyoning har xil mamlakatlarida ma'lum yutuqlarga erishgan yurtdoshlarimizni yurtga qaytib, vatanga ko'mak berishga, ya'ni har xil sohalarga yutuqlarning eng yaxshi, samarali va ma'qulini olib kirishga chorlaganida u O'zbekistonga aynan mana shu maqsadda 2018 yilda qaytib kelgandi.
Sandjar Djalalov o'zining Kanadada erishgan boy tajribasi va yutug'i mevasi bo'lgan aynan mana shunday texnologiyani, ya'ni SSTB tizimini taklif etgandi. Bu tizim qaysi dori vositalari eng zaruri va ularning haqiqiy narxini baholash imkonini beradi. Sandjar Djalalov Kanadada sog'liqni saqlash texnologiyasini baholash (SSTB) va ularning THETA Collaborative (Toronto, Kanada) byudjetiga ta'siri bo'yicha konsul`tant sifatida tanilgan edi.
2018 yilda iqtisod fanlari doktori Sandjar Djalalov Buyuk Kelajak kengashi tarkibiga a'zo bo'lgan Aynan u 2018 yil 2 avgustda tashkil topgan O'zbekiston Innovatsion sog'liqni saqlash Milliy palatasining birinchi mehmoni bo'lgan. 10 avgustga kelib esa Ontario va Toronto onkologik qo'mitalari farmo iqtisod tadqiqot guruhi katta tahlilchisi Sandjar CHingizovich Milliy palatada «Kanada Sog'liqni saqlash texnologiyalarini baholash: O'zbekiston uchun darslar» mavzusida taqdimot o'tkazgandi.
Toshkent Farmatsevtika instituti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetiga lektor sifatida taklif etilgan professor Djalalov o'z yurtida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashga e'tibor qaratgandi. Bugun esa uning sa'y-harakati bilan Vestminster Universitetida jamoat sog'liqni saqlash fakul`teti ochilyapti.
Iqtisod fanlari doktori Djalalov vataniga qaytgach, har bir kunini O'zbekistonda ilg'or texnologiyalarni va xalqaro startaplarni, jumladan sog'liqni saqlash texnologiyasini baholash (SSTB) tizimini joriy etish muhimligini, tizimli ko'zdan kechirishni, meta-tahlil, hamda dorilar ro'yxati va tibbiyot uskunalarini belgilashdagi tahlilni o'tkazish zarurligini isbotlashga bag'ishladi. Bunda u sarflanadigan davlat mablag'larini qanchalik optimallashtirishni asoslab berdi.
U o'z vatanida Kanada Sog'liqni saqlash tizimidagi ko'p yillik tajribasini joriy etishga urindi. U u erda qandli diabet, sut bezi raki, yurak jarrohligi, Alsgeymer kasalligi kabi bir qator kasalliklarni iqtisodiy jihatdan baholab bergandi. Undan tashqari iqtisod fanlari doktori Djalalov nafaqat sog'liqni saqlash iqtisodi sohasidagi, balki qishloq xo'jaligi, institutsional rivojlanish kabi boshqa bir qator xalqaro loyihalarda ham menejer sifatida ishtirok etgan.
Dori vositalarini davlat byudjeti mablag'i evaziga xarid qilishdan avval ularni tanlash jarayoniga isbotlash bazasini joriy etish haqidagi Djalalovning tashabbusi Milliy palata tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Bugun pandemiya davrida SSTB tizimini joriy etish natijalari u yoki bu dori vositalarni tanlash va xarid qilishda klinik-iqtisodiy hisob-kitobning muhim mexanizmi bo'lishi mumkin.
Iqtisod fanlari doktori hozirgi vaqtda sog'liqni saqlash tizimi iqtisodiy va klinik samaradorligining barcha aspektlarini hisobga olmay turib, sermahsul tizim bo'la olmasligini tasdiqlagan.
U rasmiy taqdimotlarda, ommaviy axborot vositalarida, xususan, spot.uz da o'zining g'oya va dalillarini ko'plab martalab aks ettirgan. U nima haqda so'zlayotganini yaxshi bilgan va sog'liqni saqlashning samarali tizimini shakllantirishda O'zbekistonning eng yaxshi xalqaro tajribaga munosib ekanligiga ishongan.
Afsus, u o'zining ishini yakuniga etkaza olmadi, mehnatining natijalarini ko'rish unga nasib etmadi. Pandemiya Sandjar CHingizovichning katta ishini to'xtatib qo'ydi. Biz shunga ishonch bildiramizki, bu vaqtincha to'xtagan, axir uning sa'y-harakatlari, tajribasi, professionalligi va eng yaxshi insoniy fazilatlari aynan har qanaqangi kasallikning insonning hisoblash, tahlil qilish va kasalliklarga qarshi tura olish imkoniyatlariga duch kela turib, imkon qadar kam hayotga zomin bo'lishiga qaratilgan edi.
Sandjar CHingizovich Djalalovning yorqin xotirasi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion sog'liqni saqlash Milliy palatasi loyihalarida o'z o'rnini topadigan ishlari davomida saqlanib qoladi. O'z vatanini chindan sevuvchi inson tomonidan vatandoshlarining salomatligi yo'lida boshlangan har bir ish oxirigacha davom ettirilishi va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion
sog'liqni saqlash Milliy palatasi kollektivi