UNWTO “Butunjahon turizm kuniga qo‘shiling!” loyihasi haqida eʼlon qildi

    27-sentabr – Butunjahon turizm kuni. Bu yilgi Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan rasmiy bayram “Turizm – inklyuziv o‘sish uchun” mavzusiga bag‘ishlanib, u Kot-dʼIvuarda o‘tkaziladi.

    “Turizm – inklyuziv o‘sish uchun” loyihasini amalga oshirishdan maqsad yangi ish o‘rinlarini yaratish va jahon hamjamiyatini birlashtirish yo‘lida turizm sohasining tutgan o‘rnini to‘liq namoyon etishdan iboratdir.

    Loyihada ishtirok etish uchun mamlakatni rivojlantirish va insoniyat uchun ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lida faoliyat yuritayotgan turizm sohasi vakillarining (suvenir ishlab chiqaruvchilardan tortib xostel menejerlarigacha, gidlar va b.) har bir yo‘nalishi markazida inson omili turganligini aks ettiruvchi yuqori sifatli suratlar va videolarni yuborish so‘ralgan.

    Ishtirokchilardan taqdim etilayotgan suratlar (kamida 300 dpi hajmda) va videolar (1 daqiqadan oshmagan, kamida 1080p. o‘lchamdagi) talab darajasida bo‘lishi hamda comm@unwto.org elektron manziliga yuborilishi lozim. Bunda mamlakat nomi va maʼlumot yuboruvchi bilan qayta aloqa vositasi ko‘rsatilishi lozim.