Mamlakatimizda ichki turizm va ishbilarmonlik faolligini oshirish maqsadida joriy yilning 3 va 6-fevral kunlari Urganch – Fargʻona – Urganch yoʻnalishida quyidagi jadval asosida “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi parvozlarni amalga oshirishini maʼlum qildi.

Urganch – Fargʻona

Uchish soat 10:55 da, qoʻnish 12:35 da.

Fargʻona – Urganch

Uchish soat 14:05 da, qoʻnish 15:45 da.

Joriy yilning 11-fevralidan esa haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Fargʻona – Urganch yoʻnalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.