Bundan koʻzlangan asosiy maqsad - Oʻzbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash, deya xabar beradi Sanitariya-epidemiologiya xizmati axborot xizmati.
Umumiy qiymati 1,3 million AQSH dollari boʻlgan 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterni oʻz ichiga olgan ushbu uskuna Oʻzbekistonning vaksinani funksional va samarali boshqaruvini tatbiq etish qobiliyatini oshiradi.
Ushbu jihozlar butun mamlakat boʻylab birlamchi tibbiy yordam muassasalariga tarqatiladi.