Ustyurt platosi hududiga 382 bosh yoʻrgʻa tuvaloq yovvoyi tabiat qoʻyniga quyib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining axborot xizmati maʼlumot bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, bu qush Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” va Tabiatni qoʻriqlash Xalqaro Qizil kitobiga kiritilgan. Shuningdek, tuvaloqlar hozirgi vaqtda yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan qushlardan sanaladi.