Bugun “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ omborxonasiga 1 milliard 185 million so'mlik zahira dori-darmonlari va Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolanishida kerak bo'ladigan dori vositalari yig'indisidan iborat 3000 ta to'plam(aptechka)i keltirildi.

Koronavirus infektsiyasi bo'yicha test natijalari musbat natija bergan hamda kasallik engil kechayotganligi sababli shifokorlar tavsiyasiga asosan uyida davolanayotgan bemorlar mazkur tibbiy vositalar bilan bepul ta'minlanadi.