Ishlab chiqarishni rejalashtirish va aktivlarni boshqarish sohasidagi keysli nominatsiyada hakamlar hayʼatiga UzAuto Motorsning SAP S / 4HANA dasturining amalga oshirilish natijalari taqdim etildi.

SAP Value Award — har yili MDH mamlakatlaridagi kompaniyalar oʻrtasida oʻtkaziladigan nufuzli mukofot boʻlib, SAP qarorlaridan foydalanish orqali erishilgan natijalar uchun beriladi.

2021-yilgi mukofot nominatsiyalari uchun “Gazprom neft”, “Kasperskiy laboratoriyasi” va boshqa MDH mamlakatlarining yirik kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Hozirda mukofotning rasmiy saytida hakamlar hayʼati tomonidan gʻoliblarni aniqlash uchun ovoz berish jarayoni oʻtkazilmoqda. Ovoz berish jarayoni shu yilning 6-oktyabriga qadar boʻlib oʻtadi.

2021-yil mart oyida UzAuto Motorsda SAP S/4HANA tizimi joriy etildi. SAP bazasiga asoslangan qarorlar biznes jarayonlarni birlashtirishga, taʼminot samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va inventarizatsiya darajasini pasaytirishga yordam berdi.

SAP S/4HANA tizimini amalga oshirish natijasida ishlab chiqarishni rejalashtirish, sotib olish va ombordagi zaxiralarni boshqarish yagona tizim doirasida olib boriladi hamda ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatish uchun barcha boʻlimlarga onlayn tarzda taqdim etiladi. Bundan tashqari, kompaniyada SAP tizimining joriy etilishi uning doimiy takomillashishi hamda rivojlanishi uchun asos boʻldi, deb xabar beradi UzAuto Motors AJ matbuot xizmati.