Uzbekistan Airports rasmiy saytida onlayn tablo ishga tushdi

    Endi mamlakatimizning xalqaro aeroportlarida barcha reyslarni kuzatish imkoni bor

    Uzbekistan Airports rasmiy sayti – www.uzbairports.uz orqali Oʻzbekistonning barcha 11 xalqaro aeroportlarida muntazam xalqaro va ichki reyslarning joʻnab ketish/kelishlarini kuzatish imkoni paydo boʻldi.

    Yoʻlovchilar va kutib oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir reys haqida onlayn tabloda real vaqt rejimida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:

    sana,

    vaqt,

    parvoz raqami,

    aviakompaniya nomi,

    yoʻnalish,

    terminal,

    bortga chiqish eshigi,

    parvoz holati (joʻnab ketgan taqdirda), shuningdek, lenta raqami va bagajni qabul qilish vaqti (kelishda).

    Onlayn tablo ilgari joriy qilingan AODB (Aeroport Operational Database) aeroport operatsion bazasini yuritish tizimi va aviakompaniyalar bilan slotlarni muvofiqlashtirish va jadvallarni yaratish uchun Slot (Slot Management System) quyi tizimining bir qismidir.