Chegirma quyidagi toifadagi fuqarolarga amal qiladi:

• individual yoʻlovchilar uchun - 30%;

• turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej oʻquvchilari, litseylar, oliy oʻquv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, OʻzR DBQ va boshqa idoralarning maxsus oʻquv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;

• oila (2 va undan ortiq kishi, yaʼni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha boʻlgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi boʻlgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi boʻlgan onalar) uchun - 50%;

• nafaqaxoʻrlar uchun - 50%;

• nogironlar uchun - 50%;

• 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;

• 1941-1945-yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%;

• Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati