Uzbekistan Airways samolyoti havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi

    Transport 11 Dekabr 2023 710

    Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi.

    Hodisa 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir boʻldi.

    Boeing 787 havo kemasi sardori yoʻnalish boʻylab muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berildi.

    1991-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan tushirib qoldirildi.

    Kerakli proseduralar amaga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.

    HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.