Xabarda aytilishicha, Chegirmalar Oʻzbekiston shaharlari oʻrtasidagi barcha qatnovlarga amal qiladi va quyidagi toifadagi yoʻlovchilar uchun taqdim etiladi:

– Yakka tartibdagi yoʻlovchilar 30% ;

– Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej, litsey, OTM talabalari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40% ;

– Oila uchun 50% (2 va undan ortiq, yaʼni: er-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari) ;

– Nafaqaxoʻrlar uchun 50% ;

– Nogironligi bor shaxslarga 50% ;

– 1941-1945-yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50% ;

– 1941-1945-yillarda urush va mehnat frontida koʻrsatgan fidokorligi uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50% ;

– Chernobil AYES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirokchilar uchun 50%.

Eslatma:

2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga chegirmalardan 1 tasini qoʻllashga ruxsat beriladi. Bir nechta chegirmalarni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqorida koʻrsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga toʻlmagan bolalar uchun amal qilmaydi. Aviachipta xarid qilayotganda tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari boʻlishi kerak, deyiladi xabarda.