Snowl gadjet ixchamligi va foydalanishda qulayligi bilan ajralib turadi. Uni koʻrsatkich barmoqqa uzuk kabi taqib, kompyuterda ishlash mumkin.

Snowl gadjet Bluetooth orqali ishlaydi va qoʻlning harakatlari orqali kursorni boshqarish mumkin boʻladi. Gadjetning quvvati bir quvvatlanganda 3 kunga yetadi. Oʻzining maxsus zaryadlash qurilmasi ham mavjud.

Kelajakda mazkur qurilma orqali xonadondagi televizor, konditsioner, oʻyin pristavkalarini qolaversa smartfonlarni boshqarish uchun ham foydalanish mumkin boʻladi.