Oʻzbekiston-2030 strategiyasi qayta koʻrib chiqiladi
“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar «Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar «Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
«Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid.
Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi taʼkidlandi.
Odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etish boshlandi. Endi tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasi kuchaytiriladi.
Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini taʼkidladi.
Bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos boʻlgan barcha nazorat vakolatlariga ega. Xususan, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlamentimiz belgilab kelmoqda.
Oltinchi ustuvor yoʻnalish – zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi.
“Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Shu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanishni davlat siyosati darajasiga olib chiqdik”...
Chang-toʻzonlarning oldini olish uchun Surxondaryoda 10 ming gektarda “yashil makon” va Sirdaryoda 84 kilometrli “yashil devor” barpo etiladi.
Ekologik avtomobillarni koʻpaytirish boʻyicha besh yillik dastur amalga oshiriladi.
Shaharlardagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlashtirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi.
Beshinchi ustuvor yoʻnalish – ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish.