Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi jamoasiga
Avvalo, siz, azizlarni mamlakatimizdagi nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi tashkil etilganining 50 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.