Vahima — ikkinchi epidemiya, unga qarshi vaksina yoʻq

    Salomatlik 14 Iyul 2020 2797

    Koronavirus pandemiyasi bizning boshimizda sodir boʻlayotgan ikkinchi epidemiyaga olib kelmoqda, bu - vahima. Bu psixologik hodisa, ammo yuqumliligi kam emas, deb yozadi Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung nashri.

    Shubhasiz, Sars-CoV-2 pandemiyasi millionlab odamlarning kasallanishi va yuz minglab odamlarning oʻlimiga olib keldi. Yerda biror bir joy yoʻqki, koronavirus yetib bormagan. Biroq soʻnggi haftalarda pandemiya bilan bir qatorda odamlar ongidagi pandemiya soʻnggi haftalardagi oʻzgarishlar va tendensiyalar, qolaversa, kelajakdagi oʻzgarishlar uchun muhim rol oʻynamoqda.

    Haqiqiy COVID-19 pandemiyasidan tashqari, odamlarning boshida katta va ehtimol, oʻta yuqumli vahima paydo boʻldi: “vahima”, deb yozadi maqola muallifi, sotsiolog Angelika Nimann.

    OAV xabarlari, bu haqdagi materiallarning doimiy nashr etilishi, sharhlash va infeksiyaning koʻpayishi holatlari, koʻrsatkichlari vahima xuddi virus kabi egasining boshiga kirib olishiga taʼsir koʻrsatdi. Virusologlar, mutaxassislar va siyosatchilarning kechayu kunduz ayni mavzuda yuritayotgan mulohazalari, fikrlari va pozitsiyalari bu taʼsirni kuchaytirdi.

    Muallif yaqin vaqt ichida vaksina yoki tiklanishga yordam beradigan qoʻshimcha dori-darmonlar tatbiq etilishidan umid qiladi. Ammo afsuski, bu dori darmonlar vahimaga taʼsir qilmaydi. Vahimadan qutqaruvchi dori yoki vaksina boʻlmaydi. Shuning uchun bu “vahima” jamiyatimiz va ijtimoiy hayotimizni jiddiy oqibat va oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.Hamjihatlikni yaxshi namuna sifatida keltirish kerak. Cheklov choralarini tatbiq etish paytidagi birdamlik jihatlarini eslang. Uy ayvonlaridan shifokorlarni olqishlayotgan odamlar, koʻngillilar tashabbuslari, muhtoj qoʻshnisiga yoki yurtdoshiga yaxshilik ilinjida boʻlgan insonlar...

    Ammo bu yangi altruizm (altruizm— axloqiy tushuncha, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun oʻz shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi) koʻproq xudbinlik bilan niqoblangan boʻlib chiqadi. Shuning uchun buning aksi sodir boʻladi: birdamlik rivojlanmaydi, aksincha tushib ketadi. Insonning oʻz qiziqishlari yana birinchi oʻringa chiqadi. Bu tahdid soluvchi inqirozlarda yangi hodisa emas. Supermarketlardagi boʻm-boʻsh rastalar "omma oʻrtasidagi oʻta hamjihatlik” bilan qanday bogʻliqligini aniq koʻrsatdi.

    Soʻz boshida aytilganidek, har bir inson hech boʻlmaganda subyektiv hissiyotlariga koʻra, oʻz hayoti uchun oʻzi kurashadi.Va bu yerda oʻziga eng yaqin ham oʻzi boʻladi. Shu yerda biz yana “vahima”ga qaytamiz.Har qanday holatda ham koʻplab makaron (kartoshka) sotib olishning hojati yoʻq edi. Turli xil ijtimoiy va iqtisodiy soʻrovlar ham manfaatlar ustuvorligini koʻrsatmoqda.

    Tez orada bu tendensiya kuchayadi. Koronavirus keltiradigan iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini biz hali baholay olmaymiz. Bu asta-sekin oydinlashib boradi. Oʻshanda yordam soʻrovi baland ovozda eshitiladi. Vahima uchun vaksina boʻlmaydi, deyiladi maqolada.